19 yanvar kuni soat 19:30 larda Andijon viloyatining Bo‘z tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Bo‘z shaharchasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan O.Mutalipov uyida rashk oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i, uy bekasi, 1991 yilda tug‘ilgan M.Mutalipovani bo‘g‘ib o‘ldirgan. Jinoyatga qo‘l urgan er ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.