Bugun Sobiq Ittifoq xalq artisti Vladimir Etush 94 yoshga to‘ldi, uni tug‘ilgan kuni bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin tabrikladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Putin Vladimir Etushning aktyorlik mahoratini va o‘ziga xos iste’dodini, sahnaning haqiqiy darg‘asi ekanligini e’tirof etib, o‘z tabrigini jo‘natdi: “Mana bir necha o‘n yillardan beri, Vaxtangov teatrida sodiqlik bilan mehnat qilib, tomoshabinlar ko‘nglini yorqin rollaringiz bilan chog‘ etib kelmoqdasiz. Muxlislaringiz ham sizni samimiy muhabbat ila yaxshi ko‘radi. Fursatdan foydalanib, sizni tavallud ayyomingiz, shu bilan birga Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi sifatida G‘alaba bayrami bilan qutlayman!”. Tabrikning to‘liq matni Kreml saytida e’lon qilindi.