Aktrisa Oybarchin Bakirova AQSHda insultni boshdan kechirgani ma`lum qilindi
O`zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova AQShda insultni boshdan kechirdi. Bu haqda turli ijtimoiy tarmoqlarda ma`lum qilindi.
Oybarchin Bakirovaning qizi hozirda onasining ahvoli og`irligini aytgan.
Ma`lumot uchun, Oybarchin Bakirova 1950 yilda Andijonda aktyor Abbos Bakirov oilasida dunyoga kelgan. 1971 yilda Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. 2000 yilda O`zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.