Aktrisa Diana Yagofarova kinoga qaytishni istamoqda…
Aktrisa Diana Yagofarova rejissyorlarning taklifini ko‘rib chiqib, shu yiliyoq kinoga qaytishga tayyorligini bayon qildi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ilgari ham Diana kinodagi faoliyatini qaytadan boshlashga tayyorligini bildirgan. Ammo 10 yil oldin bo‘lib o‘tgan voqea tufayli rejissyorlar uni kinoga taklif etishdan cho‘chishgan.
Eslatib o‘tamiz, Diana 2008 yili «Superkelinchak» filmidagi rolidan so‘ng mashhurlashib ketgan. Ammo film ekranlarga chiqqach, Diana va rejissyor Bahrom Yoqubovlar ishtirokidagi pornografik xarakterga ega videolavha tarqaldi. Rejissyor va Diana qancha o‘zlarini oqlab, bu videolavhaga ularning aloqasi yo‘qligini aytmasin, qancha tavallo qilmasin, xalq ishonmadi. Shundan keyin Diana kinofilmlarda suratga tushishni bas qildi.