O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimovning “Nargis” qo‘shig‘ini qayta ijro etib, shuhrat qozongan xonanda Nargis yangi taronasini “Akajon” deb nomladi.
Yakzon she’ri va musiqasi bilan dunyoga kelgan kompozisiyaga mahoratli klipmeykerlar Narimon Sultonxo‘jaev va Sanjar Matkarimovlar bilan birgalikda videoklip ham suratga olindi.
“Yallo yalo”, “Yor-yor”, “Ko‘ngil”, “Kutaman” taronalari kabi muxlislar ko‘nglidan yaxshi o‘rin egallashiga umid bildirgan Nargis hozircha “Akajon” deya kimga murojaat qilganligini sir tutmoqda.