Afg‘oniston poytaxtida ikkita portlash oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida ketma-ket ikkita portlash yuz berdi. Terakt xudkush – terrorchilar tomonidan amalga oshirildi. Qo‘poruvchilik harakati natijasida 27 kishi halok bo‘ldi va 40 nafar odam jarohatlandi. Bu haqda “Euronews” yozmoqda.
Xabarda aytilishicha, terrorchilar polisiya bilim yurtining bitiruvchi talabalari o‘tirgan avtobusga hujum uyushtirgan. Vardak viloyatidan Qobulga kelayotgan uchta avtobus pistirmaga tushib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘n kun oldin ham Qobulda avtobusga hujum uyushtirilgan edi. Avtobusda Kanada elchixonasida ishlaydigan nepallik xavfsizlik xodimlari bo‘lgan. Terakt oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan edi.