Afg‘oniston qurolli kuchlari Tolibon harakati tomonidan egallab olingan Qunduz shahrini ozod qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, oxirgi bir necha soat davomida xavfsizlik kuchlari yirik hujum amaliyotini o‘tkazib, shaharning asosiy qismini nazorat ostiga olgan.
Qunduzni Tolibondan ozod qilishga harakatlar seshanba kuni boshlangan edi. Chorshanba kuni Qunduz atrofidagi to‘qnashuvlarga NATO maxsus kuchlari ham qo‘shildi. AQSh harbiy havo kuchlari ekstremistlarning pozisiyalariga zarbalar berdi.