Abdulla Oripov seshanba kuni Toshkentda dafn etiladi
2016-yil 5-noyabrga o`tar kechasi Xyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada O`zbekiston Respublikasi Madhiyasi matni muallifi, O`zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov og`ir kasallikdan so`ng 75 yoshida vafot etdi.
Marhumning jasadini O`zbekistonga olib kelishga va o`z vatanida dafn qilishga qaror qilgan Abdulla Oripovning oila a‘zolariga yordam berish uchun O`zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko`rish to`g`risida ko`rsatma berildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Shoir Muhammad Ismoilning Facebook`dagi sahifasida ma`lum qilinishicha, marhumning jasadi ortilgan samolyot
Amerikadan bugun soat 20:00 da etib keladi. Abdulla Oripov 8 noyabr, seshanba kuni peshinda poytaxtdagi Chig`atoy qabristoniga dafn etiladi.