Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

9 may kuni bayram salyuti otiladi



O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risidagi qaroriga ko'ra, mamlakatdagi urush va mehnat frontining har bir qatnashchisi munosib qutlanadi.

«Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag'ishlaydi», — deyilgan hujjat matnida.

Dasturda yolg'iz va kam ta`minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari turar joyi va uy xo'jaliklarini ta`mirlash, obodonlashtirish hamda o'z uy-joyiga ega bo'lmaganlariga turar joy ajratish bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish ham ko'zda tutilgan.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi

Viloyat, shahar va tumanlarning ko'cha va maydonlari Xotira va Qadrlash kuniga bag'ishlangan plakat va stendlar bilan bezatiladi. Bayram dasturxonlari tuzaladi, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillari qo'shiq va musiqalari qo'yiladi.

O'zbekiston Mudofaa vazirligiga Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida 9 may kuni soat 21:00 da bayram salyutini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

 


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2804 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xotira va Qadrlash, bayram salyuti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное