Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

6 yil avval FHDYo sabab “o‘lgan” ayol qayta “tirildi”



Qozog‘istondagi Oqtov hududida istiqomat qiluvchi Aliya Bijanova 2011 yildan beri “vafot etgan” deb hisoblanib kelingan. Bunga FHDYo tuman bo‘limidagilarning mas’uliyatsizligi sabab bo‘lgan.
 
O‘zining “marhum” ekanini endigina bilib qolgan Aliya huquqni himoya qiluvchi organ xodimlariga arz qilgan. Shuncha yillar davomida, uy olish uchun ro‘yxatda turgan jabrlanuvchi, hatto, voyaga yetmagan farzandi uchun nafaqa ham ololmagan.
 
Aniqlanishicha, FHDYo Munayli tuman bo‘limi Bijanovani “o‘lgan” deb qayd qilgan ekan. Kompyuter xotirasidagi baza ishdan chiqqani tufayli, Aliyaning arzini hech kim tinglashni hoxlamadi. Faqat OAVda bu haqda yoritilgandan so‘ng, unga huquqlari qaytarib berildi.
 
Qayta “jonlantirilgan” Aliya bundan xursand bo‘lsa ham, aybdorlarni kechirmoqchi emas. Yolg‘iz ona sifatida u imtiyozli uyga ega bo‘lishi mumkin edi. Bijanova yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararlarni qoplashlarini talab qilmoqda
 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5789 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Aliya, o‘lgan ayol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное