3,4 mingdan ziyod samarqandliklar jonivorlar tishlashidan aziyat chekishdi
Samarqand viloyatida 2015 yilning 9 oyi davomida 3486 nafar fuqaro jonivorlar tishlaganidan shikoyat qilib tibbiyot muassasalariga yuzlangan. Ularning 2889 nafari 14 yoshgacha bo'lgan bolalardir.
«Samarkandskiy vestnik» gazetasining xabar berishicha, bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari Samarqand pedagogika kollejida bo'lib o'tgan yig'ilishda ma'lum qilgan.
Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyuldagi “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog'liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 202-sonli qarorining viloyatdagi ijrosi masalalari ko'rib chiqilgan.