Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Ayol Qalbi - You can't say
. Soundtreck-Великолепный Век
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Pazanda - Im Loving You
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

30 yoshni qarshi olganlar uchun foydali maslahatlar

40 yosh – bu ajoyib davr. Aynan shu vaqtda biz yoshligimizga nazar solib, bizni shu darajagacha yetib kelishimiz uchun nimalar qilganimiz haqida o‘ylab qolamiz.
20 yoshimizda ayni kamolotga yetib, jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishga intilamiz. Bu vaqtda yayrab, o‘ynab-kulib, har lahzani tashvishsiz o‘tkazishga harakat qilamiz.
30 yoshda esa tanlagan kasbimiz, turmushimiz va farzandlar orqali o‘z ijtimoiy mavqeimizni yaratishni maqsad qilamiz.
40 yoshi qarshi olganda biz o‘zligimizni yaxshi bilamiz va o‘z shaxsiy olamimizda xotirjam yashashni boshlaymiz. Chunki biz istagan orzularimizning deyarli barchasiga yetishgan bo‘lamiz.
Biroq, bu tushuncha rostmi? Axir hayotimizning ayni gullagan davri bo‘lmish 40 yoshda o‘zimizni xotirjam va qat’iy his qilish o‘rniga yuksalish va tezda qulash davri haqida qayg‘urib, ko‘plab majburiyatlarimizni amalga oshirish uchun tinimsiz harakatda bo‘lamiz.
Ayni damda siz qilayotgan barcha ishlarning albatta, kelajakka ta’siri bo‘ladi. Agar siz o‘ttiz yoshni qarshi olgan bo‘lsangiz yoki sochingiz oq oralab, yoshingiz qirqni qoralashga shay turgan bo‘lsa, quyidagi mulohazalarga quloq tutishingizni maslahat beramiz.
1. Hayotingiz siz istaganingizdek bo‘lmaganidan nolishni bas qiling!
Yoshligimizda 30 yoshga kirgach, biz barcha narsaga aniq erishgan bo‘lamiz, degan tasavvurda bo‘lamiz: sevimli ish bilan shug‘ullanish, yaxshi uy, go‘zal turmush va farzandlar. Biroq hayot har doim ham biz o‘ylagandek davom etavermaydi. O‘ttiz yoshda inson atrofdagilardan katta bosimni qarshi oladi. Shunday holda, barchasi qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday sodir bo‘ldi, deb hisoblaymiz. Aks holda, o‘zimizni omadsizlikda ayblaymiz.
Bularning barchasiga biz o‘rganib qolgan modal fe’llar – “menda bo‘lishi shart”, “men olishim kerak”, “ishim zo‘r bo‘lishi lozim” kabi fikrlar sababchidir. Agar siz o‘zingizni ba’zan ojiz sezsangiz, xafa bo‘lmang. Siz yolg‘iz emassiz. Vaqtingizni siz hozirgi kungacha erisha olmagan narsalar haqida o‘ylashga sarflamang. Shunchaki, hayotdan zavq oling, har bir narsaning o‘z o‘rni bor.
2. Kamroq ishlang.
O‘ttiz yoshni qoralaganimizda biz asosiy o‘ringa ishni qo‘yamiz. Biz qancha ko‘p mehnat qilsak, shuncha baxt va muvaffaqiyatga erishadigandek tuyuladi. Ammo, vaqt o‘tgan sayin yaqinlarimiz bilan o‘tgan damlar biz tinim bilmay qo‘lga kiritishga uringan pullardan afzal ekanligini fahmlay boshlaymiz.
3. Ko‘proq tavakkal qiling.
Jamiyatdagi insonlarning bosimi va biz kutmagan natijalar oqibatida biron bir qaror qabul qilishda juda ham ehtiyotkor bo‘lib qolamiz. Natijada, biz o‘zimizni ko‘p narsalardan cheklashni boshlaymiz. 
Sayohat qiling, orzuingizdagi mashg‘ulot bilan shug‘ullaning. Tavakkal qilishdan qo‘rqmang – siz yoshingiz o‘ttizdan oshgani uchun o‘z tilaklaringizdan voz kechishga majbur emassiz!
4. Sport bilan shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarzini olib boring.
Jismoniy zo‘riqish yetishmovchiligi va zararli taomlar iste’mol qilishga odatlanish qirqqa to‘lganingizda o‘zingizni qanday his etishingizni ko‘rsatadi. 50 yoshni qarshi olganingizda o‘z qomatingizni saqlab qolish va odatlardan voz kechish anchayin mushkul bo‘ladi. Shunday ekan, ko‘proq sport bilan shug‘ullanishga va foydali taomlar yeyishga o‘zingizni o‘rgating. Keyinchalik o‘zingizga rahmat aytasiz.
5. Vaqtingizni ko‘roq ota-onangiz bilan o‘tkazing.
Biz ota-onalarimiz hamisha yonimizda bo‘lishadi, deb o‘ylaymiz. Ammo yoshingiz ulg‘aygach, ular qay darajada keksayib qolishganiga guvoh bo‘lasiz. Aynan shu davrda ko‘pchilik ular bilan birga bo‘lmaganidan afsuslanadi. Axir yillar o‘tgach, ular uzoq joylarga borib, dam olishga, tik oyoqda sayr qilishga o‘zlarida kuch topa olmay qolishadi. Shu sababli, ota-onangiz bilan ko‘proq birga bo‘lishga harakat qiling: suhbatlashing, birgalikda dam oling, qandaydir qiziqarli va maroqli ishlar bilan shug‘ullaning.
6. “30 yosh – bu qarilik belgisi” degan fikrdan xalos bo‘ling!
Ko‘pchilik 30 yoshni qarshi olgach, tushkunlikka tusha boshlaydi. Aynan shu sababli, ayrimlar “endi bu ish uchun kattalik qilaman” degan tushuncha bilan o‘zini ko‘p narsadan cheklashni boshlaydi. Lekin, aslida unday emas-ku! Hayotingiz navqiron yigirma bahoringizdan anchayin olisga uzoqlashgani yo‘q.
Siz hanuz yosh va betakrorsiz! Shunday ekan, o‘z irodangizni mustahkamlab, yangi orzular tomon yo‘l oling. Fikrlar namoyishi – bizning hayotimizni belgilab beradi. Sizdan talab qilinadigan birgina narsa – olamga o‘zgacha nazar tashlash va har qanday yoshda ham o‘zingizni baxtli his etish mumkinligini anglashdir.


Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5470 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 30 yosh, foydali maslahatlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное