Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Qiziqarli

2017 yil bir soniya kechroq kirib keladi



2016 yilning oxirida yana bir soniya qo‘shiladi, deya xabar bermoqda Yer aylanishi va vaqtni sinxronlashtirish xalqaro markazi (IERS) xabar bermoqda. Bu haqda mir24 yozmoqda.

Qayd etilganidek, yildan-yilga bizning sayyoramiz biroz sekin aylanmoqda. O‘tib ketayotgan yilga qo‘shimcha soniya Yerning Quyosh atrofida aylanish vaqtini sinxronlashtirish uchun qo‘shiladi, deya tushuntirishdi mutaxssislar.

Bu qo‘shimcha soniyaning birinchi marta qo‘shilishi emas. So‘nggi marta uni 2015 yilga qo‘shishgandi.

Ilgari Buyuk Britaniyaning Darem universiteti olimlari osmon hodisalari va tutilish haqidagi mu’lumotlarni tahlil qilish asosida Yerning aylanish tezligi doimiy ravishda sekinlashayotgani va kunlardan biri kuni sutkalarda uzoq kutilgan soat paydo bo‘lishini aniqlashdi.

Astronomlar 720 yildan bizning eramizning 2015 yiligacha tutilish va boshqa osmon hodisalari haqidagi tarixiy ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Ular 27 asr davomida o‘rtacha kunning davomiyligi yuz yillikda qariyb 2 millisoniyaga ko‘payib borayotganini tushuntirishdi.

Bu juda ham sekin jarayon va Yer orbitasi boshida kutilganidek bu darajada sekinlashmaydi.

Bir sutkada qo‘shimcha daqiqa bunday sur’atda faqat 6,7 million yildan so‘ng paydo bo‘ladi. 25 chi soatni yana taxminan 200 million yildan so‘ng kutishga to‘g‘ri keladi.


Manba:gooper.uz
Категория: Qiziqarli
Просмотров: 6324 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yer aylanishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное