Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi sobiq darvozaboni Vyacheslav Malafeyevning vorisi qamoqqa tushishi mumkin. O‘n olti yoshli Kseniya giyohvand moddalar savdosi uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda "Sport24" telekanali "Mash" telegram kanaliga tayanib. Ma’lum bo‘lishicha, qiz giyohvand modda sotayotganida ushlangan. Bu Kseniya do‘stiga taqiqlangan modda berib, evaziga pul olayotganida sodir bo‘ldi. Ayni paytda Tergov qo‘mitasi tomonidan 228-modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Kseniya nazorat ostida saqlanmoqda. Avvalroq OAVda Malafeyeva ota-onasi bilan yashamasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.