Yaponiyaning Microdia kompaniyasi Computex 2015 ko‘rgazmasida 512 GB hamjga ega bo‘lgan Xtra Elite xotira kartasini taqdim etdi. Bu hozirgacha eng katta hajmga ega xotira kartasi hisoblangan SanDisk Ultra microSDXC UHS-I Premium Edition’dan ikki barobar katta ko‘rsatkich qayd etib, rekord natija qayd etdi.
Yangi kartaning ma’lumot o‘tkazish tezligi 300 MB/soniya teng bo‘lib, u SD 4.0 va UHS standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. U asosan foto hamda videos’yomka uchun ishlatishga mo‘ljallangan.
Microdia’ning xabar berichishicha, rekordchi xotira kartasining narxi 1000 dollar atrofida bo‘ladi.